"Nyukasl" 60 millionga sotib olgan hujumchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 14 sentabr, 13:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" hujumchisi Yoan Vissa tizzasidan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi.

Tecno

Sky Sports xabariga ko‘ra. 29 yoshli forvard Kongo DR safida tizzasidan jarohat olgani uchun yaqin to‘rt-olti hafta ichida "hakkalar"ga yordam bera olmaydi.

"Nyukasl" Vissani yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida "Brentford"dan 60 million evro evaziga sotib oldi. Forvard yangi klubida debyut qilishga ham ulgurmadi.

18 sentyabr kuni "Nyukasl" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Chempionlar ligasi 1-tur o‘yini Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!