No‘’mon Hasanovga murabbiylar shtabida kimlar yordam berishi ma’lum

  • 27 dekabr, 2020, 18:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” jamoasi rasmiy ravishda No‘’mon Hasanovni bosh murabbiy lavozimida faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Shuningdek, Hasanovning murabbiylar shtabi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, serbiyalik Drajen Dukich No‘’mon Nurmatovichga yaqindan yordam beradi. Yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri Viktor Jalilov maslahatchi murabbiy etib tayinlandi.

Shuni aytish joizki, Dukich ilgari ham No‘’mon Hasanov bilan birga ishlagandi. Masalan, ushbu juftlik oxirgi marta “Qo‘qon-1912”da faoliyat olib borishgandi. Undan avval esa “Paxtakor”da ishlashgan.

Bundan tashqari, “Navbahor”ning murabbiylar shtabidan Sherzod Jo‘raev, Denis Toymentsov hamda darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ham joy egalladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
27/12/2020 22:13
5-6 ойда урганиладиган нарсани
1 ойда ургатдим Хасановни фикри навбахор октепа ойинидан кейинги фикри ишкилиб перо лигага Тушин кетмасайди
&
Rustamov Dilmurod
27/12/2020 22:01
КОКОНДА нимани койил килган факат михитни бузган