Nodirbek Abdusattorov sensatsion g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 28 dekabr, 2021, 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bundan biroz avval musobaqaning 10-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik mashhur shaxmatchi Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. Ushbu sensatsion g‘alabadan so‘ng hamyurtimiz jurnalistlar savollariga javob berdi:

— Ushbu g‘alabadan so‘ng o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

— Mening biroz omadim keldi. Chunki o‘yin deyarli oxiriga qadar teng kurashlar ostida kechdi.

— Axir Siz har kuni ham jahon chempionini mag‘lub etavermaysizku, qandaydir hissiyotlaringiz bordir?

— Hali turnir tugamadi, shu sababli butun diqqatimni keyingi o‘yinlarga qaratishim kerak.

— Karlsenga qarshi o‘ynashingizni bilib, tunda qanday uxladingiz?

— Yaxshi uxladim, faqat vaqtliroq uyg‘ondim.

Manba: @xushnudbek

Ma’lumot uchun, ushbu jahon chempionatida sayyoramizning 200 dan ortiq eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shavkat Pardaev
29/12/2021 11:52
Рахмат Нодирбек. Отангга балли.
Baxil Alihuja
29/12/2021 11:58
Юлдузлик касалига дучор булмаган Нодирбек китмир саволларга хам аник жавоб берибди! Биздаги "юлдузча" футболчилар узини босволиб шундай жавоб беришни урганиши шарт!