Nilufar Qudratova: Faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz

  • 29 iyun, 2020, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Zomin shahrida ayollar futboli bo‘yicha VI O‘zbekiston Superkubok uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. "Zomin" stadionida o‘tgan mavsum O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Toshkentning "Bunyodkor-W" klubi mamlakat chempioni Qarshining "Sevinch" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan "Sevinch" hujumchisi Nilufar Qudratovaning o‘yin oldi fikrlari bilan qiziqdik.

Tecno

"Bugungi bahs mavsumdagi dastlabki uchrashuv sanaladi va karantindan so‘ng futbolchilarning o‘ynida pasayish kuzatiladi. Individual mashg‘ulotga qaraganda, jamoaviy shug‘ullanishning samarasi ko‘proq.

Bo‘lajak bellashuvga jamoamiz ruhan tayyor va futbolni judayam sog‘ingan. O‘tgan yilgi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan edik va bugun faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. “Sevinch”da jamoa taqdirini bitta futbolchi hal qilmaydi, biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatamiz, qisqa muddatli tayyorgarlikka qaramasdan jamoa ruhan va jismonan tayyor deb o‘ylayman", – dedi Qudratova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!