Nikolas Jekson "Bavariya"ga ijara asosida o‘tdi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jeksonni ijaraga oldi. Avvalroq xabar qilinganidek, kelishuv qiymati 16,5 million evronni tashkil etadi.
Agar 24 yoshli forvard belgilangan miqdorda o‘yin o‘tkazsa, nemislar uni 65 million evroga to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, "aristokratlar" futbolchi keyinchalik sotilganda muayyan foiz oladi.
"Bavariya" Jeksonning yillik taxminan 8 million evro maoshini ham to‘liq qoplaydi.
O‘tgan mavsum APLda senegalli hujumchi 30 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yo‘lladi.



Fikrlar