Niko Uilyams Yamal haqida gapirdi

  • 28 noyabr, 18:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilbaoning "Atletik" klubi yulduzi Niko Uilyams terma jamoadagi sherigi Lamin Yamal haqida tanqidlarga fikr bildirdi.

Tecno

"Bu hayotda hamma o‘zi istaganicha yashaydi. Bu narsani to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. Menimcha, asosiysi professional bo‘lib qolish va kerakli vaqtda o‘zini 100 foiz ko‘rsata bilish kerak. Jamoa uchun bor kuchini berib harakat qilishi kerak. Biz futbolchilar ham boshqalar kabi o‘z ishimizdan chalg‘ib, hayotdan zavq olishimiz kerak. Men fidoiylik va hurmat bor ekan, bunda hech qanday muammo ko‘rmayapman", - dedi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Yamal va Niko Ispaniya terma jamoasi safida birga harakat qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!