Niki Nikol: "Biz Lamin bilan endi birga emasmiz"
"Barselona" yulduzi Lamin Yamal qo‘shiqchi Niki Nikol bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi. Bu xabarni Nikolning o‘zi ham tasdiqladi.
"Men Barselonadan ketganimdan beri u bilan ko‘rishmadim. Biz buni ommaga chiqarishni istamagandik, ammo vaziyat shunday qilishga majbur qildi. Shuni aniq aytmoqchiman: hech qanday xiyonat bo‘lgani yo‘q. Agar men xiyonat qurboni bo‘lganimda, bu haqda ochiqchasiga gapirgan bo‘lardim, avval ham shunday qilganman", — dedi argentinalik qo‘shiqchi.
So‘nggi paytlarda futbolchining shaxsiy hayoti muxlislar orasida juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.



Fikrlar