
Nik Kirgios "Mercedes"siz qoldi
Avstraliyalik tennischi Nik Kirgios Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasidan o‘ta olmadi.
Nik ushbu bosqichda italiyalik Matteo Berrettini bilan raqobatlashdi va 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Mercedes Cup" turnirining ikkinchi davrasida Berrettini rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar