
"Nijniy Novgorod" klubi o‘z nomini o‘zgartirdi
"Nijniy Novgorod" futbol klubi o‘z nomini "Pari Nijniy Novgorod"ga o‘zgartirdi. Klub yangi loyihalar amalga oshirish va mavjudlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xususiy va tijoriy hakmorlarni jalb qilishda davom etmoqda.
Ushbu o‘zgarish transfer siyosatining mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda klub rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bilasiz, mazkur jamoaning titul homiysi "Pari" bukmekerlik kompaniyasi hisoblanadi. Klub ushbu kompaniya bilan yaxshi aloqalarni davom ettiradi va hamkorlikni strategik maqomgacha kengaytiradi.
Kelgusi mavsumdan bukmekerlik idorasi leybli futbolchilar libosida, shuningdek, o‘yin kunlari klub stadionida joylashtirilishda davom etadi.
Fikrlar