
Nihoyat, Messi yangi jamoa tanladi! Rasmiy xabar bir necha soat ichida chiqadi
Lionel Messi kelajagini qaysi jamoada davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgan ko‘rinadi. Yaqinda argentinalik yulduz “Barselona”ga bormasligi haqida ma’lumot chiqqan edi. Kataloniyaliklar hozirgacha unga rasmiy taklif va transfer kafolatini bermadi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, jahon chempioni faoliyatini ummonortida davom ettirishga qaror qilgan. Bir necha soat ichida Messi “Inter Mayami”ni tanlaganini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Hozircha, “Inter Mayami” bilan faqat Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi raqobatlasha oladi. Arab shayxlari 35 yoshli futbolchiga 3 yillik shartnoma va jami 1,5 milliard evro miqdorida maosh taklif qilgan.
Amerikaliklar ham Messining kelishidan manfaatdor. Ular argentinalik yulduzga uch banddan iborat bonuslar ro‘yxatini taqdim etdi.
Fikrlar