
Neymarning debyutini uzoq kutamiz...
PSJni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Neymar “Al-Hilol” bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq, braziliyalik o‘yinchining Osiyo maydonlaridagi debyuti cho‘ziladigan bo‘ldi.
Bu haqda “Al-Hilol” bosh murabbiyi Jorje Jezus ma’lumot berdi.
- Neymar jarohat bilan kelgan. Uning mushaklarida muammo bor. U qachon maydonga va mashg‘ulotlarga qaytishi, o‘yinga tayyor bo‘lishini bilmayman.
Hozir u tiklanish jarayonini o‘tayapti va shuning uchun Braziliya terma jamoasiga bormasligi kerak, - dedi Jorje Jezus.
Fikrlar