Neymar: Vinisius men qilgan xatoni takrorlama!

  • 1 dekabr, 19:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning eng mashhur futbolchilaridan Neymar ayni paytda Madridning “Real” klubida to‘p tepayotgan Vinisius Juniorning faoliyatiga doir muhim maslahatini berdi.

Tecno

25 yoshli hujumchining “Real”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmagan. Shu bois, Vinisius yozgi transferlar davrida boshqa klubga sotib yuborilishi mumkin.

Transfer News Live va OK Diario kabi manbalarning yozishicha, Neymar Vinisiusni o‘zi qilgan xatoni takrorlamaslikka chaqirgan. 33 yoshli futbolchi hamyurti “Real” bilan shartnomani uzaytirishi to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Neymar o‘zining xatosi sifatida 2017 yili “Barselona”dan ketib, “Pari Sen-Jermen”ga o‘tganini nazarda tutmoqda. O‘shanda Frantsiya klubi Neymar uchun Kataloniya superklubiga 222 million evro to‘lagan. Bu transfer hozir ham eng katta summa sarflangan rekord transfer bo‘lib turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!