Neymar Saudiyadan nega ketgani haqida bor haqiqatni aytidi

  • 2 fevral, 10:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol”da bir yillik faoliyatini yakunlagan Neymar saudiyaliklar bilan shartnomani bekor qilib, o‘zini tarbiyalagan “Santos”ga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

32 yoshli futbolchi bu qarorga qanday kelganini aytib berdi.

- Futbol mantig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan bir necha qarorlarim borligini tan olaman. Ana shulardan oxirgisi “Santos”ga qaytish bo‘ldi. Braziliyaga qaytishga qanday va qachon qaror qildim?

E’tirof  etishim kerakki, yanvarning boshida ham “Santos”ga qaytish xayolimga ham kelmagan, “Al-Hilol”dan ketish istagi ham yo‘q edi. Oilam baxtiyor, men o‘ynash istagiga to‘la edim.

Keskin qaror qabul qiladigan vaziyat yuzaga keldi. Men mashg‘ulotlarda, odatiy turmush tarzidan zerikib qoldim va bu mening ruhiyatimga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Yurtimga qaytish imkoni tug‘ilganida buni uzoq o‘ylab o‘tirmadim.

Otamga “Santos”ga qaytmoqchi ekanimni aytdim va hammasi oson bitdi. Bundan hamma xursand, men, oilam va do‘stlarim ham. Yangi kuch-quvvatga to‘lib kelganman, - dedi Neymar.

Neymar “Santos” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bu jamoa tarkibida 2009-2013 yillar davomida 225 ta uchrashuvda 136 ta gol va 64 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
02/02/2025 13:17
Луттибоз
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
02/02/2025 11:23
Айтиди эмас айтди ёзилади