
Neymar PSJ rejasidan xabar topdi
PSJ rahbariyati yozda jamoaning braziliyalik hujumchisi Neymarni sotib yuborishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi UOL nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, 31 yoshli futbolchi klub mutasaddilarining maqsadidan xabar topgan va o‘zi ham klubdan ketishga qarshi emas.
Neymar parijlik muxlislarning bosimi va matbuot tanqididan zerikkan. Shu bois, hali shartnomasi davom etishiga qaramay, o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rishga tayyor.
Neymarga asosan Angliya Premer-ligasi vakillari qiziqmoqda. Chunki boshqa ligalar jamoalari uning maoshini ko‘tara olmaydi.
Aniqroq aytganda, “Chelsi”, “Nyukasl Yunayted” va “Manchester Yunayted” braziliyalik yulduzga o‘z safidan joy berishga tayyor.
Fikrlar