
Neymar o‘ziga yangi liga tanladi
PSJ rahbariyati yozda jiddiy o‘zgarishlar qiladi. Klub xo‘jayinlari Kilian Mbappe atrofida asosan frantsiyalik yosh o‘yinchilarni jamlab, tezkor,kurashuvchan, Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir jamoa tuzmoqchi.
Parijliklar jahon futbolidagi eng qimmat transfer egasi – Neymar bilan ham xayrlashishga tayyor. Shu paytgacha PSJdan ketishga qarshi bo‘lgan 31 yoshli forvard muxlislar e’tirozi va matbuot bosimiga toqat qilolmay qoldi va faoliyatini boshqa ligada davom ettirishga ilk bor rozilik berdi.
UOL nashri insayderi Bruno Andradening ma’lum qilishicha, Neymar kelasi mavsumni Angliya Premer-ligasida boshlamoqchi.
Bu o‘yinchiga xaridor ham tayyor. “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Nyukasl” dribling ustasini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Fikrlar