Neymar jarimaga tortildi

  • 12 iyul, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik hujumchi Neymar o‘z vatanida “yangi braziliyalik” dabdabasini aks ettiruvchi sun’iy hovuzga ega hashamatli uy qurdi. Ammo aynan shu hovuz futbolchiga muammo tug‘dirmoqda.

Tecno

Neymar allaqachon ekologiya inspektsiyasi tomonidan ikki marta jarimaga tortilgan, boisi hovuz muayyan standartlarni buzgan deb qaror qilingan. Masalan, yaqin atrofdagi daryodan ruxsatsiz suv yig‘ish, kuchli yomg‘ir paytida noto‘g‘ri qurilgan drenajlar va boshqa qonunbuzarliklar shular jumlasidandir. Jarima miqdori hali e’lon qilinmagan, ammo bu, albatta, sezilarli bo‘ladi.

Shuni aytish kerakki, braziliyalik futbolchi mamlakatning yangi hokimiyati oldida ko‘plab noqulayliklarga duch kelmoqda. Chunki avvalgi prezident Jair Bolsonaroni Neymarni hamisha qo‘llab-quvvatlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!