Neymar "Barselona"ga qaytadimi?

  • 29 aprel, 2021, 18:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar hali ham "Barselona"ga qaytish fikridan to‘liq voz kechgani yo‘q. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, hujumchi o‘z intervyusida Parijda baxtli ekanligini aytgan bo‘lsa-da, hali klub bilan yangi shartnoma imzolamagan. La Ligaga qaytish sabablaridan biri shundaki, braziliyalik yana Lionel Messi bilan bitta jamoada o‘ynashni xohlaydi.

PSJ Neymarni 2017 yil 222 mln evro evaziga “Barselona”dan sotib olgan edi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Neymar joriy mavsum PSJ safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uning transfer narxini 110 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!