Neymar "Barsa" futbolchisini "klassik" deb ta’rifladi

  • 9 sentabr, 2022, 07:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar"ning 19 yoshli yarim himoyachisi jahon futbolidagi o‘sib kelayotgan yulduzlardan biri sanaladi.

Pedrini bir so‘z bilan ta’riflashni so‘rashganida, braziliyalik "klassik" deb javob berib, buni shunday izohladi: "Bu oddiy: u menga Inestani eslatadi. Ha, menimcha, Pedrining o‘yini Inesta va Xavi o‘rtasidagi narsa”, — dedi Neymar.

Pedri “Barselona” safida 79 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Transfermarkt” portali yarim himoyachini 80 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!