
Neymar "Al-Hilol"dagi debyuti haqida fikr bildirdi
"Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionati 6-turida "Al-Riyod" klubini yirik 6:1 hisobida taslim etdi.
Ushbu o‘yinda braziliyalik futbolchi Neymar yangi klubida debyut qildi. Hujumchi 64-daqiqada zaxiradan bahsga qo‘shildi.
"Debyutimdagi g‘alaba bilan juda xursandman... Hurmat uchun muxlislarga katta rahmat", - deya yozib qoldirdi Neymar.
Fikrlar