Neymar 8, Mbappe esa 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

  • 30 aprel, 2019, 14:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya kubogi finalida "Renn"ga qarshi kechgan uchrashuvdagi va bellashuvdan keyingi xatti-harakatlari uchun PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymarlar uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Tecno

O‘sha bahsda Mbappe Damen da Silvaga qasddan jarohat etkazgani tufayli, maydondan chetlatilgan edi. Unga to‘rt o‘yinlik diskvalifikatsiya xavf solmoqda.

Neymar esa taqdirlash marosimida unga nisbatan qandaydir gap aytgan muxlisni do‘pposlagan edi. Keyinchalik braziliyalik futbolchi ushbu qilmishi uchun uzr so‘radi, ammo Le Parisien nashri Neymar 8 bahsga chetlatilishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Bu boradagi yakuniy qaror 10 may sanasida qabul qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!