Nega "Navbahor" klubiga yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imkon berildi-yu, ayrim jamoalarga yo‘q? Rossiyalik murabbiy oldidagi qarzdorlik masalasichi?

  • 21 avgust, 2020, 10:21
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" klubi yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlab yubordi. Klubning boshqalardan qarzdorligi borku, nega transferlarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmoqda qabilidagi savollar paydo bo‘lishi mumkin.

Tecno

Bu borada PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagilarni ma’lum qildi:

- "Navbahor" futbol klubining Aziz Ibragimov va "Surxon" jamoasidan qarzdorligi mavjud edi. Ular bartaraf qilinmaguniga qadar O‘zPFL Davron Hoshimovni ro‘yxatdan o‘tkazmadi. Avvaliga "Surxon" futbol klubi "Navbahor" pullarini to‘lab bergani haqida ma’lumot taqdim etdi. "Surxon" bilan uchrashuv kuni esa Kamoliddin Murzoev Futbolchilar uyushmasining "Navbahor"ga nisbatan shikoyati yo‘qligini bildirdi, ya’ni Ibragimov ham pullarini oldi.

Savol tug‘ilishi tabiiy: "Navbahor"ning rossiyalik murabbiy oldidagi 484 ming dollar qarzdorligi-chi? FIFA bu borada "Navbahor" futbol klubiga vaqt bergan va O‘FA manziliga "Navbahor" uchun transfer oynasini rasman yopish to‘g‘risida ma’lumot jo‘natmagan. Mazkur ish to‘liq hal etilmaguniga qadar O‘zPFL "Navbahor" uchun taqiq qo‘ymaydi.

Qo‘shimcha. "Neftchi" Sushkin mojarosidan to‘liq qutilgani haqida yozgandik. FIFA kecha klubdan transfer bo‘yicha taqiqni rasman olib tashladi. Ammo Farg‘ona jamoasining o‘tgan yillardan ichki qarzdorligi borligidan kelib chiqib, O‘zPFL transfer oynasini "Neftchi" uchun ochgani yo‘q. Klubda 31 avgust sanasiga qadar vaqt bor, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bilim Bar
21/08/2020 19:17
Диёр Имомхужаев "Узбек футболи" учун кандай кахромонлик килганки, у ПФЛ ни бошкаради? Ёки "Имомхужаев" ларнинг давомчиси булгани учунми?
Рашид Хожаханов
21/08/2020 15:50
Диёр Имомхужаев ни Навбахор га адовати бор куролмиди хадеб ковлаштираверади. Диёр сенгамас ПФЛ ни бошкариш сен ёшлик киласан хурматингни борида бушатиб куй.