"Neftchi" Superliga o‘tish o‘yiniga qo‘yiladimi?
1 dekabr kuni Pro liga oxirgi turida "Neftchi" futbolchilari va muxlislari hakamlarni do‘pposlagani uchun ularga nisbatan bugun O‘FA jazo belgilanganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi “Neftchi” futbolchisi J.L.To‘raqulov uchrashuv bosh hakami Sh.Nasibullaevga qasddan tan jarohati etkazgani uchun uni 10 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlatdi. Shuningdek, Sh.B.Abduraimov, S.M.Zokirov va J.Q.Qobulov bosh hakamga hujum qilgani uchun ularning har biri 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million so‘mdan jarimaga tortildi. D.F.Toshmatov yordamchi hakam D.Saylavovga nisbatan tajavuzkor harakat qilgani uchun 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Xayrulla Bozorov "Neftchi"da yig‘ilish o‘tkazdi. "Turon" bilan o‘yindagi tartibsizliklar uchun bosh murabbiy lavozimidan ozod etildi

Uchrashuv yakunlangandan so‘ng, muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, “Neftchi” futbol klubi mas’ullari jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq etarlicha choralar ko‘rilishini ta’minlamagani uchun jamoaga 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish va 100 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim futbolchilar va klub jazolandi. Ammo jamoa o‘tish o‘yinidan mahrum etilmadi. Bu esa, farg‘onaliklar "Andijon"ga qarshi Superligaga o‘tish bahsida ishtirok etishini bildiradi.
Biroq O‘FAning ushbu bayonotidan so‘ng, PFL hozircha "Neftchi"ning o‘tish o‘yinida qatnashishi borasida ma’lumot berishga shoshilmayapti. Avvalroq esa, PFL matbuot xizmati Superliganing oxirgi tur bahslari bo‘yicha qaydnomalarini saytga joylashtirganida "Andijon" o‘tish o‘yinida ishtirok etadi" sarlavha ostidagi xabarda jamoa kim bilan o‘ynashi yozilmagandi.
"Neftchi" Superliga o‘tish o‘yinida qatnashmasligi mumkinmi?

Reglamentga ko‘ra, "burgutlar" Superligada 13-o‘rinni egallagani bois Pro ligada 2-pog‘onani band etgan "Neftchi" bilan bellashishi kerak.
Bir necha kun avval, "Neftchi" - "Turon" bellashuvidagi tartibsizliklar kelib chiqqan holat yuzasidan "Neftchi" FK qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda jamoaning mas’ul xodimlari futbolchilarni o‘yinga etarlicha jismonan va ruhan tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun bosh murabbiy A.Do‘rmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar berilgandi.
PFLning ham bu borada "aytar so‘zi" bormi?



Fikrlar