
"Neftchi" legioner futbolchisi bilan xayrlashdi
"Neftchi" Effiong Nsungusi bilan xayrlashdi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati.
Superliga klubi taniqli legioneri hisoblangan Nsungusi bilan xayrlashganini ma’lum qildi. Nigeriyalik hujumchi 1 yil avval klub safiga kelib qo‘shilgan edi.
Effiong Farg‘ona klubi tarkibida 28 ta bellashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
25 yoshli forvard yangi mavsum oldidan boshqa jamoada faoliyat ko‘rsatish istagi borligini aytib, "Neftchi" bilan do‘stona xayrlashdi. Xayrlashish jarayonida jamoa rahbarlari va barcha jamoadoshlariga hamda muxlislariga chuqur minnatdorchilik bildirib, Farg‘onani hech qachon esdan chiqarmasligini izhor etdi.
Fikrlar