"Neftchi" legioner futbolchisi bilan rasman xayrlashdi! (Foto)

  • 13 iyul, 2023, 12:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" ukrainalik legioner Yuriy Batyushin bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Joriy yilning boshlarida "Neftchi"ning Turkiyadagi yig‘inlariga kelib qo‘shilgan va shartnoma tuzgan ukrainalik yarim himoyachi Batyushin jamoani  tark etdi. 

Yuriy "Neftchi" tarkibida birinchi davraning 6 uchrashuvida asosan zaxiradan maydonga tushirilib, 68 daqiqa o‘ynagan, bir uchrashuvda golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

"Jamoamiz nomidan Yuriy Batyushinga minnatdorchilik bildirgan holda, unga keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.

IMG_20230713_124906_380

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!