"Neftchi" kutilayotgan transferni amalga oshirdi

  • 2 yanvar, 2022, 12:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Neftchi” jamoasi Doniyor Narzullaevdan keyin yana bir transferni e’lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabarida yozilishicha, bugun farg‘onaliklarning sobiq o‘yinchisi, bundan avval “Surxon” klubi tarkibida jamoa sardori sifatida harakat qilgan Husniddin G‘ofurov bilan shartnoma imzolandi. Bu kutilayotgan transfer edi, chunki ilgari Sports.uz sayti orqali futbolchining aynan "Neftchi"ga o‘tishi haqida xabar berilgandi.

xusniddin

Ma’lumot o‘rnida, Husniddin G‘ofurov shu kungacha dastlab “Neftchi” (2016 - 2018) so‘ngra, “Surxon” (2019 - 2021) klubida faoliyat yuritgan. O‘tgan mavsumni “Surxon” jamoasi a’zosi sifatida o‘tkazib, 26 ta uchrashuvda maydonga tushirilgan va 2 ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!