"Neftchi" hujumchisi jamoada qoladi, unga Superliga grandlaridan qiziqish bor

  • 6 dekabr, 2022, 12:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" hujumchisi Ulug‘bek Hoshimov jamoada qoladi.

Tecno

SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning telegram kanalida ma’lum qilishicha, hujumchi takliflar bo‘lishiga qaramay, "yo‘lbarslar" tarkibida qolishga qaror qildi. Futbolchini AGMK, "Navbahor" va "Metallurg" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.

Ma’lumot uchun, Hoshimov yakunlangan mavsumla farg‘onaliklar safida 25 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 2 golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!