
Nazorat o‘yini. "Metallurg" "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs olib bordi
Mamlakat milliy chempionati – Superliganing 9-turiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangierda “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda bekobodliklarning mahorat bobida ustunligi sezilib turdi.
Uchrashuv boshlanishi bilanoq hujumga tashlangan Jasur Abduraimov shogirdlari tez orada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Tezkor golni qanot vingeri - Shahzodbek G‘ofurbekov kiritdi. Shundan keyin ham bekobodliklarda raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘lsa-da, “Metallurg” boshqa gol ura olmadi.
O‘z navbatida "So‘g‘diyona" ham “Metallurg” darvozasi yonida golli vaziyatlar yaratdi. Biroq mehmonlar ishonchli himoyalanishdi.
FIFA kunlaridagi tanaffusdan foydalangan holda “Metallurg” yana bitta nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. O‘yin poytaxtda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar