"Navbahor"ning sobiq murabbiyi mafiyaga aralashganmi?

  • 12 fevral, 2021, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis futbolchilik davrida nega “Manchester Yunayted”dan ketgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Tecno

- “Manchester Yunayted”ni ketishim haqida ko‘p mish-mishlar yuradi. Kimdir meni mafiyaga aralashganimni aytadi, boshqasi kazinoda yutqazganimni sabab qiladi. Sariq matbuot bu mish-mishlarni nazardan qochirmagan.

Aslida men MYuni klub shifokori tufayli tark  etganman. U meni ikki tomonlama churram bo‘lishiga qaramay, o‘ynashga majbur qilgan. Mavsumni bazo‘r oxiriga etkazib, operatsiyaga yotganman. Jarrohlik amaliyotidan keyin klub shifokori va ser Aleks Fergyusonga ovozimni ko‘targanman.

Shifokor shundan so‘ng, uzr so‘radi, lekin men ketishga qaror qilib bo‘lgandim. Menga to‘g‘ri maslahat beradigan odam yo‘q edi. “Everton”ga o‘tib ketganimdan keyin turli mish-mishlar tarqala boshladi.

Hozirgi aqlim bo‘lganida Fergyuson bilan bo‘lgan suhbatni to‘g‘ri qabul qilib, “Manchester Yunayted”da qolardim. Balki Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqardim, - dedi Andrey Kanchelskis.

Kanchelskis 1991-1995 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan va ikki marta Angliya chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!