
"Navbahor"ning 200 ga yaqin muxlisi Qatarga boradi!
“Navbahor” 22 avgust kuni Osiyo Chempionlar ligasi o‘tish o‘yini doirasida Qatarning “Al-Vakra” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Xabarlarga qaraganda, ushbu uchrashuvda namanganliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 nafarga yaqin ishqiboz Qatarga boradi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni yana bir o‘zbek klubi – OKMK Qatarning boshqa bir jamoasi – “Al-Arabi”ga qarshi o‘tish o‘yinini o‘tkazadi.
“Al-Vakra” – “Navbahor” 20:30
“Al-Arabi” – OKMK 22:30
Fikrlar