“Navbahor”dan ketgan murabbiy Rossiya futbolini keskin tanqid qildi

  • 21 noyabr, 2020, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”dan ketganidan buyon ishsiz yurgan Andrey Kanchelskis Rossiya milliy terma jamoasining so‘nggi o‘yinlardagi omadsizliklariga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Men ming yildan beri futbol ichida yuribman. O‘zim ham to‘p tepganman. Biz o‘zimizda o‘tgan jahon chempionati natijalari bo‘yicha o‘zimizga yuqori baho berib yubordik. Mundialdagi guruhimiz zaif edi va undan chiqmasak bo‘lmasdi. Ispaniyaga qarshi faqat himoyalandik. Men o‘shanda ham Rossiya futboli katta muammolar girdobida ekanini aytgandim. Biz jahon chempionatida mezbon edik – bu boshqa masala. Bo‘lajak Evropa chempionatida haqiqiy darajamizni bilib olamiz.

Yana bir bor ta’kidlayman, Rossiya futbolida katta muammolar bor. Cherchesov sifatli kadrlar yo‘q bo‘lgan vaziyatning qurboniga aylandi. Chempionatimiz saviyasi o‘rtachadan ham pastroq. Premer-ligani maqtashgani bilan umuman natija yo‘q. Evrokuboklarda barbod bo‘lyapmiz, hatto reytingi biznikidan past mamlakat jamoalariga yutqazyapmiz. Bu ko‘rsatkichlar ham nimadandir dalolat beradi, - dedi Kanchelskis.

Bo‘lajak bahsda “Jenoa” kimlarga ishonmoqda yoxud Shomurodov o‘yinga tayyormi?

Rossiya futbolida mojaro. Jaloliddinov jamoadoshlari O‘runov jamoasiga qarshi o‘ynashdan bosh tortmoqda!

Gazizov: O‘runov top darajadagi o‘yinchi, bunaqalar Rossiyada kam va u Evropaning katta klublariga o‘tadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
21/11/2020 17:45
Санга гапиришни ким қўйиити!!! Фақат йиғлашши биласан, казёл. Нимани қойиллаттинг тренер бўлиб!!!