
“Navbahor”dan ketgan Kanchelskis Rossiya futboliga ham “tanqid toshlari”ni otmoqda
“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiya premer-ligasining Evrokuboklarda ishtirok etayotgan kuchli klublari haqidagi fikrlarini bildirdi.
- “Krasnodar” o‘z maydonida “Chelsi”ga 0:4 hisobida yutqazdi, murabbiy esa 75 daqiqa davomida jamoa yaxshi o‘ynaganini ta’kidlayapti. Bu g‘alatiku. Bizning davrimizda yirik hisobda yutqazgan futbolchilar uyatdan boshini tuyaqush kabi qumga tiqib olardi va jim o‘tirardi. Hozir turli izohlar berishga o‘rganib qolishdi. Bu kulgili holat. Uyalish kerak. Balki ular futbolni boshqacha baholar.
TsSKA yaxshi o‘ynadi. Ularga ozgina omad etishmadi. Omad har doim kerak. “Lokomotiv” mag‘lub bo‘ldi. Bu yomon, albatta. G‘alaba qozonilgan o‘yin yaxshi hisoblanadi. Durang bo‘lsa, yomon emas, deymiz. Oddiy kriteriyalar bu.
“Zenit” tabiiyki, guruhdan chiqish uchun kurashishi kerak. Afsuski, ichki chempionatimiz etarli darajada kuchli emas. Osmondan erga tushib, asl holatga tik qarash kerak, parovozning oldiga tushib olib, hammasi zo‘rligini ovoza qilish yaramaydi, - dedi Andrey Kanchelskis.
Fikrlar