
“Navbahor”da yangi legioner paydo bo‘ladi
Namanganning “Navbahor” klubi o‘z ixtiyoriga yana bir legioner qo‘shib oladi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yaqin vaqtlar ichida "lochinlar" "Aktobe"ning rossiyalik hujumkor yarim himoyachisi Pavel Golishev bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Mazkur futbolchi 1987 yil, 7 iyulda Rossiya poytaxti Moskva shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Moskva” (Moskva, 2005-2009 yillar), “Spartak” (Moskva, 2010 yilning 1-davrasi), “Alaniya” (Vladikavkaz, 2010 yilning 2-davrasi), “Tom” (Tomsk, 2011, 2012-2015, 2016-2017 yillar), “Tosno” (Tosno, 2015 yilning 2-davrasi), “Krilya Sovetov” (Samara, 2017 yilning 2-davrasi), “Baltika” (Kaliningrad, 2018 yilning 1-davrasi), “Luch” (Vladivostok, 2018 yilning 2-davrasi), “Nijniy Novgorod” (Nijniy Novgorod, 2019 yil) klublarida to‘p surgan.
Fikrlar