
"Navbahor"da nima ayb?
Samvel Babayan bir gapni ko‘p takrorlaydi: “Navbahor” – bu brend! Ha, bu - "Navbahor". U haq gapni aytgan. Ushbu jamoani brendga aylantiryapti. Ayniqsa, Babayan Namanganda ish boshlagach, chempionatdagi intrigaga ham qaysidir ma’noda o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Shuning uchun “Navbahor” ishtirokidagi har bir o‘yinda qandaydir voqelik kuzatilmasdan qolmayapti.
Gapni cho‘zmaylik, 16 sentyabr kuni Namanganda “Navbahor” va “Qizilqum” o‘rtasidagi o‘yin yana shov-shuvli munozaralarga sabab bo‘lib qoldi. Hamma gap bosh hakamning “Navbahor” darvozasi tomon penalti qo‘ymagani bilan bog‘liq. Bu holat bo‘yicha darhol va dabdurustdan fikr bildirishdan biroz tiyilib turdik. Chunki shundoq ham o‘sha vaziyatdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishdagi muhokamalar boshlanib ketdi. Imkoni qadar hammaning fikrini eshitdik, tingladik.
Vaziyatni bir ko‘rishdayoq ko‘rgan odamning xayoliga keladigan birinchi gap: bu penalti, bo‘ldi. Ha, bu shak-shubhasiz penalti edi, bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Faqat Ahmedov bilan bog‘liq vaziyatda penalti masalasini tahlil qilish yuzasidan uning ichiga chuqur kirib ketildi. Penaltidan avval qandaydir “fol” ishlatildi, hakam shuni inobatga oldi, qabilidagi gaplar ham yangradi. Bunday to‘p uchun kurashlarda so‘zsiz kontakt bo‘ladi, ammo u holatda qo‘pollik bo‘lmagan va Azim Ahmedov ongli ravishda to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi, tamom! Bu penalti!
Endi masalani yana bir tomoni ham bor-da! Ko‘pchilik bosh hakam “Navbahor” darvozasiga penalti belgilamagani uchun mezbonlarni ham ayblayapti. Bu holatda “Navbahor”da nima ayb? Hamma gap bosh hakam Xudoyberganovda edi. U vaziyatni o‘zi ko‘rdi, keyin VAR orqali ham. Qoida buzilganini to‘g‘ri baholashni bilmadi. Shunchaki, yosh hakamda “Navbahor” darvozasiga penalti belgilash uchun jur’at etishmadi. Axir to‘p qo‘lga tekkanini hamma ko‘rdi, hamma!
Bu voqelikning qiziq jarayonlari hali yana davom etishini kutgandim va shunday ham bo‘ldi. “Qizilqum” bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida ichidagi gaplarni ommaga to‘kib-soldi. Uni tushunish mumkin, chunki hakamning xatosi tufayli “Qizilqum” yutqazdi. Axir bosh hakam penalti qo‘ymaganidan keyin shunday xulosa qilinadi-da! Lazarevich “Navbahor” rahbariyati va muxlislariga shaxsan murojaat qilib chiqdi. Keyin esa biroz hovuridan tushgach, o‘zi bilan alohida suhbatlashdik. U endi “Qizilqum”ni chempion qilishga yanada astoydil bel bog‘ladi. Aftidan, Namangandagi holat Lazarevichni yanada kuchli qilganga o‘xshaydi.
E’tiboringizni yana bir qiziq jarayonga qaratmoqchimiz. “Navbahor” matbuot xizmati odatga ko‘ra har bir o‘yindan keyin ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumanini to‘liq yozadi va o‘zining rasmiy sahifalarida havola etadi. Ammo bu safar faqat Babayan ishtirokidagi matbuot anjumani chop etildi, Lazarevichning matbuot anjumani esa qo‘yilmadi.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ushbu holatni obdon o‘rganib chiqdi va “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvini boshqargan hakam rasman xatoga yo‘l qo‘ygani aytildi. “Navbahor” darvozasiga penalti belgilanishi va Ahmedovga sariq kartochka ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan vaziyat ekanligi ekspertlar tomonidan e’lon qilindi. Endi ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilgani ham ma’lum qilindi. Bu degani yaqin orada Xudoyberganovga nisbatan qaror qabul qilinadi. Lekin natija qoladi va “Navbahor” 3 ochkolik bo‘ldi. Ammo o‘sha gap: yuqorida aytganimizdek, hakamning o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganiga “Navbahor” klubi aybdor emas. Shunchaki, bosh hakam noto‘g‘ri yo‘l tutdi va jur’ati etmadi. Agar faraz qiling, xuddi shu holat aksincha bo‘lib, “Qizilqum” darvozasiga penalti qo‘yilishi kerak bo‘lgan vaziyatda hakam bu ishni qilmaganida nima bo‘lardi?
Taassufki, bizning o‘yinlarimizda futbolchilar ko‘z-ko‘z bo‘lishni o‘rniga hakamlarimiz asosiy qahramonlarga aylanib qolyapti. Bu nimani anglatishini bilasizmi? Yaxshi hakam umuman muhokamalarga sabab bo‘lmaydi, uning bor-yo‘qligi hatto maydonda ham bilinmaydi. Bizda esa aksincha. Hakamlik masalasi borgan sari og‘riqli nuqtamiz sifatida dil xiraliklarga olib kelmoqda.
17 sentyabr sanasidagi “Surxon” – “Lokomotiv” o‘yinida ham yana mojaroli holat. Bosh hakam Aziz Asimovning “Loko” darvozasiga belgilagan penalti ham gap-so‘zlarga sabab bo‘lyapti. Kecha Abdurashid Xudoyberganov, bugun Aziz Asimov, ertaga-chi?
Shuhratbek Jo‘raev
Fikrlar
Бўққи ковласа сассиғи чиқувради. Ҳамма ишни жойида халғқилиш кере...
Журналистлар ҳам пулини ололмаган жалабларга ўхшашади...
Хватит на хуй!