
"Navbahor" Turkiyada mag‘lub bo‘ldi
Ayni paytda o‘z o‘quv–mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan “Navbahor” mazkur mamlakatdagi yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik bahsini 6 fevral kuni Qozog‘iston Premer-ligasi vakili “Ordabasi” (Chimkent) jamoasiga qarshi olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Nazorat o‘yini
"Navbahor" (O‘zbekiston) - "Ordabasi" (Qozog‘iston) 1:2
Gollar: Sardor Telyakov (pen) - Mirzad Mexanovich, Sergey Xijnichenko
"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Ivan Solovyov, Islom Isoqjonov, Marko Putinkanin, Bahrom Abdurahimov, Quvondiq Ro‘ziev, Zabihillo O‘rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikola Tasich, Abbos G‘ulomov, Sherzod G‘ulomjonov, Farhod Mirahmatov, Sardor Telyakov, Shahzod Hamidov, Ilhom Aliboev, Husayn Ergashboev.
Fikrlar