“Navbahor” sobiq murabbiyi Husanov haqida gapirib, O‘zbekistonda iqtidorlar kamayayotganini aytdi

  • 18 fevral, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida “Manchester Yunayted” yulduzi bo‘lgan va keyinchalik bosh murabbiy sifatida “Navbahor”da ishlagan Andrey Kanchelskis Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi O‘zbekiston futboli uchun juda katta voqea bo‘ldi. Men O‘zbekistonda sport direktori emas, bosh murabbiy bo‘lib ishlaganman.

O‘shanda men bu mamlakatda iste’dodli yoshlar juda ko‘pligini ko‘rgan edim. Biroq xuddi Rossiyada bo‘lgani kabi ular ham talantlar kamayib boryapti.

Hali O‘zbekistonda talantlar bor. Eng muhimi, ularni topib, to‘g‘ri yo‘lda rivojlantirishdir, - dedi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
19/02/2025 14:04
Тугри гапирибти