“Navbahor” o‘yiniga chiptalar narxi arzonlashdimi?

  • 1 iyul, 2019, 13:08
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Odatda "Navbahor"ning uy o‘yinlariga chiptalarning eng arzoni 15 ming so‘mdan sotilardi. Endi bu gal chiptaning narxi tushganini ko‘rdik.

Tecno

Klub rasmiy sayti 2 iyul kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda O‘zbekiston Liga kubogi 2-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv chiptalarining narxi 10 ming so‘mdan ekanligini ma’lum qildi. Balki bu Superliga emas, Liga kubogi bo‘lgani uchun chiptalar narxi kamaytirilgandir.

Oxirgi turlarda "Markaziy" o‘yingohda chiptalar narxi balandligi muxlislarga qimmatlik qilayotgandi. Bu borada klub ishqibozlari o‘zlarining telegramdagi kanallari orqali ma’lum qilishgandi.

Biz klubning chiptalari narxi sotilishiga aralashmoqchi emasmiz. Xohlagan narxida sotib, foyda ko‘rish klubning ishi. Biroq ishqibozlar fikriga ham e’tibor qaratilsa, ayni muddao bo‘lardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махаммад махмудов
01/07/2019 14:39
50 100 Минг булса хам чемпион булса кираверамиз
Abdulqodirov Minxojiddin
01/07/2019 14:42
Chempion bulsak narx qiziqtirmaydi
&
Elmurod
02/07/2019 09:15
Olg'a bizga farqi yuq biz sen bilan NAVBAHOR.
&
Navbahor1996
02/07/2019 01:19
Стадионда сотилаетган сувларни нархини куриб чикишсин купчилик огриниб пул берияпти. Инсофдан гапириши дундиришади лекин амалда йук
&
Isakhodjaev Muhtorjon
02/07/2019 00:50
Eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, keyin chipta narhini kurib chiqish kerakmikin!!!
Sobitxon Tashxodjaev
01/07/2019 21:48
Bizga farqi yuuku 2 haftada bir uyin buladi kupi bilan narx yomonmas lekin arzon busa 10600mas balki 22000 25000 odam ultirsa uyin suratiga yanada tasir kursatsa ajabmas sevimli jamoamizga omad
Исмиямин Шукуров
01/07/2019 19:27
Чиптага яраша чиройли уйин ва галабалари б/н бизни хушнуд этишса(сафарда хам) биз мухлисларда хеч кандай этирозлар булмайди.
Шундай эмасми ???
&
Navbahor????????⚽️
01/07/2019 17:31
Hokimga arz qilish kerak belet bo'yicha yo be foyda miken
&
Navbahor????????⚽️
01/07/2019 17:30
Belet o'ta qimmat