"Navbahor" Jasur Yaxshiboev jamoa safiga qo‘shilganini ma’lum qildi (Foto)

  • 16 iyul, 2022, 13:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan "Navbahor" tarkibiga mahoratli hujumchi Jasur Yaxshiboev qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Yaxshiboev 1997 yil, 24 iyunda Toshkent viloyatining Chinoz shahrida tug‘ilgan, ya’ni, yaqinda 25 yoshga to‘ldi. Jasur Yaxshiboev katta futboldagi faoliyatini 2016 yili “Paxtakor”da boshlagan. Poytaxtliklar tarkibida 2019 yilning yarmigacha to‘p tepgan futbolchi o‘sha yilning 2-davrasini Olmaliqning AGMK jamoasida o‘tkazadi. Shundan so‘ng, hujumchi faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Yaxshiboev 2020 yilgi mavsumni Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk, 1-davra), “Shaxtyor” (Soligorsk) jamoalarida o‘tkazadi. So‘ngra faoliyatini Polshaning “Legiya” (Varshava, 2021 yilning 1-davrasi), Moldovaning “Sherif” (Tiraspol, 2021 yilning 2-davrasi, 2022 yilning 1-davrasi) jamoalarida davom ettirgan Jasur Yaxshiboev o‘tgan yilning kuzida “Sherif” tarkibida Evropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi bahslarida Madriddagi mashhur “Santyago Bernabeu” stadionida taniqli darvozabon Tibo Kurtuani dog‘da qoldirib, “Real” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgan va o‘sha o‘yinda tiraspolliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

“Sherif”dan so‘ng, “Legiya”ga yo‘l olgan mahoratli hujumchi bir necha kun oldin polshaliklar bilan tuzilgan shartnomani bekor qilib, yurtimizga qaytishga qaror qildi.

photo_2022-07-16_12-47-38

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshod Zokirjonov
16/07/2022 13:13
Belarus Polsha Moldova. Endi navbat Oʻzbekiston superligasida navbahor tarkibida chempion boʻlish