
"Navbahor" Cheran variantidan voz kechdi
Bir necha kun avval "Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheran faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkinligi, unga "Navbahor" tomonidan qiziqish borligi borasida xabar bergandik. Ammo yakunda namanganliklarning rejalari o‘zgargan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Navbahor" klubi serbiyalik futbolchi variantidan voz kechgan. Chunki Cheranning "sherlar" bilan yana bir yillik shartnomasi bor.
"Lochinlar" bu transferni amalga oshirishlari uchun hujumchini sotib olishlari kerak bo‘ladi. Jamoa esa yaqindagina Andrey Kanchelskis bilan moliyaviy muammoni hal qilgan.
Qolaversa, "Paxtakor" klubi sport direktori Ja’far Irismetov SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida Cheran borasida hech kim rasmiy taklif bilan chiqmagani, uning o‘zi ham “Paxtakor”dan ketgisi yo‘qligini bildirgandi.
Fikrlar