
"Navbahor" – "Metallurg" o‘yiniga chiptalar qanchadan sotilmoqda?
“Navbahor” – “Metallurg” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 14:00 dan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadioni kassalarida sotuvga chiqadi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, chiptalar narxi 2 va 21 sektorlar uchun 25.000, qolgan sektorlar uchun 15.000 so‘m etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, "Navbahor” – “Metallurg” o‘yini 11 mart kuni soat 16:00da start oladi.
Fikrlar