
“Nasaf”ning keyingi o‘yiniga kirish bepul
Xabaringiz bor, "Nasaf" O‘zbekiston Kubogi "E" guruhi 2-turida Toshkentning “Rubin” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 24 aprel kuni soat 18:30da boshlanadi.
“Nasaf” jamoasining uy uchrashuvlariga kirish chiptalarini sotish huquqini “Gollox Tour” firmasi sotib olgandi. Ushbu firma muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida hamda muborak ramazon oyi munosabati bilan 24 aprelda bo‘lib o‘tadigan futbol uchrashuviga kirishni bepul, deb elon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Faqatgina stadionga tashrif buyuradigan muxlislardan karanatin qoidalariga rioya etish va himoya niqoblarida bo‘lish talab etiladi.
O‘zbekiston Kubogi 3-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuviga chiptalar sotilishi boshlandi.
Talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Endi siz bellashuv kunidan oldin talabalik guvohnomasi bilan kelib uchrashuv chiptasini 5000 so‘m evaziga xarid qilishingiz mumkin.
Fikrlar