
"Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida “Nasaf” jamoasi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Kosovoning “Llapi” klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Nasaf” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Avvaliga “Nasaf” futbolchisi Islom Kenjaboev penaltidan hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay raqib a’zolari hisobni tenglashtirishdi. Keyinchalik “Nasaf”ning yangi legioneri Viktor da Silva o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi va “Nasaf” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari navbatdagi uchrashuvini ertaga, 15 yanvar kuni Ozarbayjonning “Turon” jamoasiga qarshi o‘tkazadilar.
Fikrlar