
"Nasaf" "Pele" bilan kelisha olmayapti
"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov "ajdar"lar safini tark etishga yaqin turibdi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, hujumchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etgan. Bobir "Nasaf" bilan yangi bitim borasida kelisha olmayapti. Manbaning ma’lum qilishicha, Qashqadaryo klubi futbolchi so‘rayotgan katta maoshni to‘lashga qodir emas.
Ma’lumotlarga qaraganda, Abdixoliqov xizmatiga xorijiy va mahalliy klublardan takliflar bor. Ammo Bobir intervyularidan birida O‘zbekistonda "Nasaf"dan boshqa jamoada o‘ynamasligini aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi yakunlangan mavsumda 25ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar
Нима кашкадарёдан чикибам уйнасин двоткандурдэ