
"Nasaf" "Paxtakor"ga tenglashib oladimi yoki farq oshadimi? Superkubok bahsiga oid muhim ma’lumotlar
Bugun O‘zbekiston Superkubogi o‘tkaziladi. Unda "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro bellashadi. Uchrashuvga Jizzax shahri mezbonlik qiladi. Bahs 19:30da start olishi belgilangan.
O‘yindan oldin Superkubokka oid ma’lumotlarni taqdim etamiz.
O‘zbekiston Superkubogi 1999 yili tashkil etilgan. Unda kubok sohibi "Navbahor" Farg‘onada chempion "Paxtakor" bilan bellashgan va 4:2 hisobida zafar quchgan. O‘yinga "Neftchi" stadioni mezbonlik qilgan, 6000 muxlis bahs shohidiga aylangan. Bu Superkubokda eng ko‘p gol urilgan o‘yin hisoblanadi.
Superkubok yo‘lga qo‘yilganu, lekin davom ettirish juda qiyin kechgan. Sababi 2000-2013 yillar o‘yinlar o‘tkazilmagan.
2014 yili kubok va chempion sanalgan "Bunyodkor" oliy ligada 2-pog‘onani band etgan "Lokomotiv" bilan kuch sinashgan va "qaldirg‘ochlar" bitta to‘p farqidagi g‘alabaga erishgan - 2:1. O‘yin Toshkentdagi "Jar" stadionida tashkil etilgan. 4751 ishqiboz arenaga kelgan.
Keyingi yili kubok egasi "Lokomotiv" chempion "Bunyodkor" o‘yingohida 7200dan ortiqroq muxlis qarshisida chempion "Paxtakor"ni 4:0 hisobida tor-mor keltirgan.
2016 yili "Nasaf" ham kubokni qo‘lga kiritgach, chempion "Paxtakor"ni mag‘lubiyatga uchratgan 1:0. O‘shanda "Bunyodkor" stadioniga 4748 ishqiboz tashrif buyurgan.
2017-2018 yillar Superkubok o‘tkazilmagan. 2019 yili Superliga g‘olibi "Lokomotiv" kubok sohibi AGMKni 2:1 hisobida taslim etgan. Bellashuv "Paxtakor" stadionida 18000 muxlis qarshisida o‘tkazilgan. Bu eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan o‘yin hisoblanadi.
2021 yili "Paxtakor" qora an’anaga barham berib, “Nasaf”ni Samarqandda dog‘da qoldirgan. Yagona gol “sherlar”ga ilk superkubokni taqdim etgan. 4000 muxlis shohidligidagi bahs taqdirini Dragan Cheranning goli hal qildi.
Bir yil o‘tib Yaypanda yana “Paxtakor” va “Nasaf” to‘qnash keldi. 7 mingdan ortiq muxlis qarshisidagi o‘yinda Samarqanddagi stsenariy takrorlangan. O‘sha 1:0 hisobi, gol muallifi Dragan Cheran.
Ko‘rib turganingizdek, "Lokomotiv" va “Paxtakor” Superkubokda 2 bor zafar quchgan holda ushbu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoalar hisoblanadi. "Navbahor" ushbu kubokning birinchi egasi bo‘lsa, oxirgi marta "Paxtakor" Superkubokni ketma-ket ikki marta o‘ziniki qilgan. "Bunyodkor" hamda "Nasaf" bir martadan sovringa erishgan.
Yil |
G‘olib |
Hisob |
Mag‘lub |
Stadion |
Tomoshabin soni |
1999 |
Navbahor (Namangan) |
4 : 2 |
Paxtakor (Toshkent) |
Neftchi, |
6000 |
2000—2013 |
O‘tkazilmagan |
||||
2014 |
Bunyodkor (Toshkent) O‘zbekiston kubogi sohibi 2013 |
2 : 1 |
Lokomotiv (Toshkent) |
Jar, |
4751 |
2015 |
Lokomotiv (Toshkent) |
4 : 0 |
Paxtakor (Toshkent) |
Bunyodkor, |
7216 |
2016 |
Nasaf (Qarshi) |
1 : 0 |
Paxtakor (Toshkent) |
Bunyodkor, |
4748 |
2017 |
O‘tkazilmagan |
||||
2018 |
O‘tkazilmagan |
||||
2019 |
Lokomotiv (Toshkent) |
2 : 1 |
AGMK (Olmaliq) |
Paxtakor, |
18000 |
2020 |
O‘tkazilmagan |
||||
2021 |
Paxtakor (Toshkent) |
1 : 0 |
Nasaf (Qarshi) |
Dinamo, |
4000 |
2022 |
“Paxtakor” (Toshkent) O‘zbekiston chempioni 2021 |
1:0 |
“Nasaf” (Qarshi) O‘zbekiston kubogi sohibi 2021 |
Farg‘ona, O‘zbekiston |
7215 |
Fikrlar