
"Nasaf" "Paxtakor"da to‘p surgan futbolchisini qaytardi
“Nasaf” futbol klubi tarbiyalanuvchisi, o‘tgan mavsumda Toshkentning “Paxtakor” jamoasida harakat qilgan Sharof Muhitdinov erkin agent sifatida “Nasaf”ga qaytdi.
Sharof Muhitdinov “Nasaf” bilan bir yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi.
U o‘tgan mavsumda “Paxtakor” safida 20 bellashuvda maydonga tushgan va 2 ta gol muallifiga aylangan.
“Nasaf” matbuot xizmati.
Fikrlar