
"Nasaf" legioneri "Buxoro"da! (Foto)
O‘zbekistonda 5 iyuldan transfer oynasi ochildi. Jamoalarda keldi-ketdilar boshlandi.
Joriy mavsum boshida "Nasaf" safiga kelib qo‘shilgan Muhammadjon Rahimov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi sanalgan hujumchi "Buxoro"da to‘p tepadi. 24 yoshli futbolchining "ajdarlar" bilan 2023 yilning oxirigacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. Shu bois Muhammadjon Rahimov mavsum oxirigacha Ulug‘bek Baqoev jamoasida ijara asosida o‘ynaydi.
Futbolchi kecha - 11 iyul kuni "Buxoro"ning "Xo‘jand"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Fikrlar