"Nasaf" etakchisiga Eron klubi qiziqish bildirmoqda

  • 21 dekabr, 2024, 14:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoyga Eronning "Sepaxon" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Reza Rahmani xabar berdi

Isfaxon klubi o‘tgan mavsum chempionatda 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, joriy mavsum 2-pog‘onani band qilib turibdi. Jamoa bu mavsum o‘z oldiga chempionlikni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi 2024 yilgi mavsum Superligada 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 bora raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!