
"Nasaf" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
Kechadan boshlab Qarshi “Markaziy” o‘yingohi hududida joylashgan chiptaxonalardan, Qarshi shahrida joylashgan "Original" supermarketidan va 3 m/t da joylashgan "Kunchiqar" bozoridan “Nasaf” — "Qo‘qon-1912" bellashuviga kirish chiptalarini xarid qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv 16 sentyabr kuni soat 18:30da boshlanadi.
Chiptalar narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin:
VIP xonalar — 80 000 so‘m
CIP sektor — 40 000 so‘m
1-2-6-7-8-sektorlar 20 000 so‘m
9-10-11-sektorlar 15 000 so‘m
“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar