
"Napoli" etakchilaridan biri jiddiy jarohat oldi
Romelu Lukakuning jiddiy jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
"Napoli" va Belgiya terma jamoasining 32 yoshli hujumchisi "Olimpiakos"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:1) jarohat oldi. Tekshiruv chap son to‘g‘ri muskulining jiddiy shikastlanganini ko‘rsatdi. Romelu jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
Matteo Morettoning ma’lumotlariga ko‘ra, Lukaku ikki oydan uch yarim oygacha jamoa ixtiyoridan chiqishi mumkin. Shu sababli klub hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun transfer bozoriga kiradi.
O‘tgan mavsumda belgiyalik futbolchi A Seriyaning 36 ta o‘yinida 14 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar