
"Napoli" 36 yoshida A Seriya to‘purari bo‘lgan hujumchini sotib olmoqchi
"Sampdoriya" klubi hujumchisi Fabio Kvalyarella yana "Napoli"ga qaytishi mumkin.
Gap shundaki, 36 yoshli to‘purarni shaxsan neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis jamoada ko‘rmoqchi.
“U faoliyatini “Napoli”da yakunlashga munosib deb o‘ylayman. Bu judayam ajoyib bo‘lgan bo‘lardi. Uning transferi borasida moliyaviy muammolar bo‘lmasligi kerak”, - deydi prezident.
Ma’lumot uchun, Kvalyarella asli “Napoli” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, u ushbu jamoada bor yo‘g‘i bir mavsum – 2009/10 yilda to‘p surgan.
E’tiborlisi, Kvalyarella joriy mavsum A Seriyada 36ta o‘yinda 26ta gol urib, musobaqa to‘purari bo‘ldi. “Qariya” hujumchi to‘purarlik poygasida Duvan Sapata, Kshishtof Pentek va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Fikrlar