Nani: Ronaldu mendan ko‘p narsalarni o‘rgangan

  • 25 mart, 2020, 21:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Orlando Siti" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Nani faoliyati davomida o‘zi bilan bir klubda o‘ynagan eng yaxshi 5 futbolchi kimlar ekanligini aytdi.

Tecno

"Darvozaga De Xeani qo‘yaman, u jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. David yaxshi do‘st, ammo u o‘zi bilan qo‘zoynak olib yurishi kerak. Chunki usiz hech narsa ko‘ra olmaydi.

Deku -  mening kumirlarimdan. U ko‘p narsani o‘rgatgan. Dekuning texnikasi 5 ga 5 o‘ynaganda juda asqotadi. Himoyachi Brunu Alvesh, himoya uchun juda ham texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchi. 

Ko‘nikmalar Krishtianu Ronaldudan, uning tezkor oyoqlari... U yoshlikda ko‘p narsalarni mendan o‘rgangan (kuladi) va bu haqda biladi", - dedi Nani.

Ma’lumot uchun, Nani bunga qadar Sporting", "Manchester Yunayted", "Fenerbaxche", "Valensiya" va "Latsio" kabi klublarda to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!